Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida yoshlarni sportga boʻlgan qiziqishlarini oshirish, talabalar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish maqsadida hamda, 31 oktabr “Milliy qadriyatlar kuni” munosabati bilan filial sport zalida Yoshlar Ittifoqi Boshlangʻich tashkiloti va Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi tashabbusi bilan Milliy sport oʻyinlari boʻyicha musobaqa tashkil etildi.
♻️Tadbirda filialning barcha yo’nalishlar kesimida tuzilgan jamoalari ishtirok etdi.
♻️O’yin natijasiga ko’ra, 1-oʻrin “TJA” yo’nalishining “Temurbeklar” jamoasiga,
2-oʻrin “OOT” yo’nalishining “Blizzart” jamoasiga, 3-oʻrin “KT” yo’nalishining “Burgutlar” jamoasiga nasib etdi.

