“Missionerlik va prozelitizm

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida “Missionerlik va prozelitizm: faoliyat shakllari, ijtimoiy xavfi va oldini olish uslublari” mavzusidagi tadbir bo`lib otdi.  Mazkur tadbirda VM huzuridagi din ishlari bo`yicha qo`mitaning Qashqadaryo viloyat bosh mutaxassisi A.Kenjayev, Davlat xavsizligi xizmati xodimlari, filial Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari M.Boboyevlar o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Ma`lumot uchun:

–        Missionerlik soʼzi lotin tilidagi «missio» feʼlidan olingan boʼlib, «yuborish», «vazifa topshirish», missioner esa “vazifani bajaruvchi” degan maʼnolarni anglatadi. Missionerlik esa belgilangan vazifalarni hal qilishga qaratilgan nazariy va amaliy faoliyat majmuini bildiradi.

   Umuman olganda, turli lugʼatlar va manbalarda bayon etilgan taʼriflar bir-biriga      juda yaqin va oʼxshash boʼlib, ularga tayangan holda quyidagi xulosani chiqarish mumkin: missionerlik – bir dinga eʼtiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa bir dinni targʼib qilishni anglatadi

–        Prozelitizm – bu toʼgʼridan-toʼgʼri biron bir dinga ishongan fuqaroni oʼz dinidan voz kechishga va oʼzga dinni qabul qilishga majbur qilishdan iboratdir

Scroll to Top