Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

“Muhandislik grafikasi” fanidan ochiq dars

Mana o’quv yili yakunlanib, sessiya ham yaqinlashib bormoqda. Sessiya oldi Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali professor-o’qituvchilari tomonidan talabalarni imtihonlarga tayyorlash, talabalarni fanlardan o’zlashtirish ko’rsatkichlari va qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida, fanlardan an’anaviy ochiq darslar o’tkazilmoqda.

 Mana shunday darslardan navbatdagisi bugun “Muhandislik grafikasi” fanidan assistant-o’qituvchi Esanova Nazokat Burxanovna boshchiligida 9-20 guruh talabalari ishtirokida boʻlib oʻtdi. 

Ochiq dars “Buyumning yaqqol tasviriga bogʻliq holda 3d koʻrinishini qurish, uning 3 ta koʻrinishini 2d ga oʻtkazish” mavzusiga bagʻishlanib, mavzuga doir barcha maʼlumotlar video roliklar, slaydlar yordamida talabalarga yetkazildi.

 Noodatiy oʼtgan ochiq dars guruh talabalaridan iborat ikki jamoa “Muhandislar” va “Texnologlar” oʻrtasida kechgan juda qizgʻin bellashuvlar ostida koʻtarinki ruhda oʻtdi.

Bellashuvlarda qoʼli baland kelgan “Muhandislar” jamoasi aʼzolari va ochiq darsda faol ishtirok etgan “Texnologlar” jamoasi aʼzolari o’qituvchi Nazokat  Burxanovna tomonidan munosib baholandi.