Bugun Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialimizda talabalarni fanlardan o’zlashtirish ko’rsatkichlari va qiziqishini oshirish maqsadida an’anaviy “Ochiq darslar” oyligi doirasida bugun “Muhandislik grafikasi” fani katta o’qituvchisi Elmanov Abbos rahbarligida biz, 7-20 guruh talabalari bilan ochiq dars o’tkazildi.
Ochiq dars “Rezbali birikmalarni chizmalarda tasvirlash va belgilash .Rezbaning texnologiya elementlari” mavzusiga bag’ishlandi.
Ochiq darsning 1-qismi ustozimiz tomonidan tayyorlangan mavzuga doir slayd va video rolik namoyishi bilan boshlanib, talabalarga mavzu bo’yicha yetarlicha ma’lumotlar berildi.
Darsning 2-qismida esa guruh talabalari 3 qismga bo’linib, ular o’rtasida juda qizg’in bahs-munozara o’tkazildi. Ya’ni, har bir guruh talabalari boshqa guruh talabalariga o’tilgan mavzulardan savollar berib, talabalarning bilimlari yana bir bor nazoratdan o’tkazildi. Mashg’ulotda faol va aktiv ishtirok etgan talabalar ustoz tomonidan munosib baholandi. Noodatiy va ko’tarinki kayfiyatda o’tgan darsimizga tashrif buyurgan professor o’qituvchilar va ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi xodimlari tomonidan fikrlar bildirildi.
Nafaqat ular balki, biz talabalarning ham o’tilgan darsdan ko’nglimiz to’ldi. Chunki, darsda kimdir bilmaganini o’rgandi, kimdir esa bilganlarini yana bir bor takrorlab bilimini mustahkamladi.
O’ylaymizki, bunday ochiq darslar hali ko’p bora o’tkaziladi.
E’tiboringiz uchun rahmat!.