Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali

“Muqaddas va moʼtabar Ona siymosiga taʼzim qilamiz”

Azizim hayotda shodlik bor bo’lsin,

Ana shu shodliklar sizga yor bo’lsin,

Qalbingiz orzu va quvonchga to’lsin,

Bugun tilayman sizga ko’p tilak,

8-Mart bo’lsin muborak!

Shu fursatdan foydalanib, men, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali, “Texnologik mashina va jihozlar”  yo’nalishining 7-20 guruh talabasi Bahromov Namozali.filialimizdagi barcha talaba qizlarni, mehribon ustozlarimni va mana shu oliygohning tozaligiga javobgar opalarimizni va jamiki ayollarni 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. 

Darhaqiqat, bayram shukuhi nafaqat Respublikamizda, balki filialimizda ham ko’tarinki kayfiyatda o’tmoqda. Mana bugun A.U.Berdiyeva  rahbarligidagi 7-20 guruh talabalari tomonidan 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag’ishlangan, “Muqaddas va moʼtabar Ona siymosiga taʼzim qilamiz” nomli tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbirni filialimiz direktori prof. Sh.A.Mutalov o’zlarining mo’tabar ayollarimizga, lobar qizlarimizga  atalgan samimiy so’zlari bilan ochib berdilar. Bayram tadbiri talabalar tomonidan aziz  ayollarimizga bildirilgan ajoyib tabriklar, kuy-qo’shiqlar, sahna ko’rinishlari bilan juda ko’tarinki kayfiyatda o’tdi. Tadbir so’ngida, filialda bo’lib o’tgan “Milliy kurash”  musobasining g’oliblarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Sovrindor talabalar qimmatbaho sovg’alar va faxriy yorliqlar bilan mukofotlanishdi.