MUROJAATNOMA KELGUSI FAOLIYATIMIZ ASOSI

MUROJAATNOMA KELGUSI FAOLIYATIMIZ ASOSI

Joriy yilning 20-dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O’zbekiston xalqiga murojaat yo’lladi.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida mazkur MUROJAATNOMAning mazmun-mohiyatini yanada chuqurroq o`rganish maqsadida, professor-o‘qituvchilar va  xodimlar uchun navbatdagi o‘quv-seminari tashkil etildi. Semenar dars Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari Boboyev Maqsud Eshmamatovich tomonidan olib borildi.

 Bugungi kunda katta e’tiborni o`qituvchilarga, aniqrog`i ta’lim sohasiga qaratayotgani eng quvonarli holatlardan hisoblanadi. “O‘qituvchilarning maqomini, ularning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishni Konstitutsiyada alohida belgilash zarur, deb hisoblayman”, — dedi Prezidentimiz. Undan tashqari, Prezident ta’lim sifatini oshirish Yangi O`zbekiston taraqqiyotining yakka-yu yagona to`g`ri yo`l ekanligini ta’kidladi.

Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek- Ta’lim sifatini oshirish – yangi O`zbekiston taraqqiyotining yakka-yu yagona to`g`ri yo`lidir. Biz ham murojaatnomada keltirilgan fikrlar va belgilangan vazifalarni ruyobga chiqarish uchun Vatan taraqqiyotiga o’z hissamizni qo’shmog’imiz lozim.

Scroll to Top