Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialimizning 7-20 guruh talabalari rahbari, psixolog А.U.Berdiyeva bilan birgalikda shahrimizdagi “Maqom muzeyi”ga tashrif buyurishdi.
Mazkur muzey “Xalqaro maqom sanʼati anjumani” doirasida 2018-yil 7-sentyabr kuni Shahrisabz shahridagi qayta taʼmirlangan Madaniyat saroyida ochilgan edi. Unda maqom sanʼatiga oid Toshkent-Fargʼona, Buxoro-Samarqand “Shashmaqom”, Xorazm hududlaridagi oʼziga xos maktablarning tarixiy musiqa asboblari, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati hududlaridagi etnografik eksponatlari namoyish etilgandi.
1-bosqich talabalari axborot soatida belgilangan maʼnaviyat kunlarini oʼtkazish maqsadida, guruh rahbari boshchiligida muzey eksponatlarini tomosha qilishdi.
Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirishda va milliy qadriyatlarimizni ular orasida keng targʼib qilishda muzeylarimiz alohida ahamiyat kasb etadi.
Mazkur sayohat maroqli kechdi. Talabalar muzeydagi bebaho eksponatlar bilan tanishib, zavq bilan tomosha qildilar. Talabalar orasida ajdodlarimiz merosiga yuksak hurmatni shaklantirib borishda mana shunday tashriflar filialimiz tomonidan tez-tez tashkillashtirilib kelinmoqda. 1-bosqich talabalari muzeyni tomosha qilishib, esdalik suratlariga tushishdi.
Kelgusida bunday sayohatlar davom ettirilishi rejalashtirilgan.