Til – millat ruhi, xalqning ulkan boyligi, ma’naviy olamini namoyon etishi uchun eng ta’sirchan va kuchli vositadir. O’zbek tili noyob ma’naviy meros, buyuk mutafakkirlar, o’zbek davlatchiligi tili sifatida ko’p asrlar davomida muntazam rivojlanib, takomillashib, dunyo e`tirofiga musharraf bo`lgan til.
1989 yilning 21 oktyabrida “Davlat tili to’g’risida”gi Qonun qabul qilingan va o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgandi. Milliy tilimizning 31 yilligi munosabati bilan Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali direktori Sh.A.Mutalov barcha yurtdoshlarimizni tabriklaydi.
O’zligimiz ramzi bo’lgan ona tilimiz qadri hamisha baland bo’lsin!
Ma’lumki, 2017 yil 12 yanvarda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutoalasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha komissiya tuzish to’risida”gi farmoyishi qabul qilingan edi. Shu munosabat bilan Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ular o’rtasida kitobxonlikni targ’ib etish bo’yicha tizimli ishlarni amalga oshirish maqsadida kitoblar ko’rgazmasi tashkil etildi.
“Kitob ruhiyatimiz ozuqasi, u bilan do’stlashish kishini nafaqat rivojlantiradi, balki unga jahonni tanitadi va hamrohlik qiladi”,- deydi TKTI Shahrisabz filiali direktori Sh.Mutalov.
Mazkur ko’rgazmada filialimiz direktori Axborot-resurs markazini 180 nomdagi 700dan ziyod kitob bilan boyitilganini e’lon qildi.
Ko’rgazma yakunida ishtirokchilar tomonidan ko’plab adabiyotlar bilan tanishildiki, bu ularning ma’naviy olamini boyitishiga xizmat qilishi shubhasiz.