Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan filial jamoasi takliflarini berish toʻgʻrisidagi yig`ilish

Joriy yilning 10-iyun sanasida TKTI Shahrisabz filiali rahbariyati va professor-o‘qituvchilari uchun O‘zbekistonning faol fuqarosi va akademik jamiyatning aʼzosi sifatida amaldagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan filial jamoasi takliflarini berish toʻgʻrisidagi navbatdagi yig`ilish bo`lib o`tdi.

Filial direktori, professor Sh.Mutalov soʻzga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi va Senati kengashlarining 2022-yil 20-maydagi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflarni shakllantirish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha Konstitutsiyaviy komissiya tuzilganligi haqida ma’lumot berdi.

Shundan soʻng, filial yurist-konsulti T.Esanov soʻzga chiqib, amaldagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan beriladigan takliflar qay tartibda hamda belgilangan qonunchilikdan chetga chiqib ketmagan holda berilishini ma’lum qildi. Shuningdek, Konstitutsiyaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan beriladigan takliflar boʻyicha Konstitutsiyaviy komissiyaning mas’ul xodimi bilan boʻlgan savol-javob videosini taqdim rtdi.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring sektori boshligʻi Sh.Shoyimov oʻz ma’ruzasida boʻlim boshliqlari, professor-oʻqituvchilari va ishchi-xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflarni taklif@meningkonstitutsiyam.uz yoki taklif@2022.uz elektron pochtalari orqali, “www.meningkonstitutsiyam.uz” onlayn platformasi, telegramm maxsus boti (“meningkonstitutsiyam_bot”) hamda 1341 qisqa raqamli “Call markaz” singari vositalar orqali berishlari mumkinligini bildirib oʻtdi. Shuningdek, “www.meningkonstitutsiyam.uz” onlayn platformasi orqali takliflar qay tariqa berilishi haqida, ushbu platformada fuqarolar tomonidan bildirilgan turli sohalarga oid takilflarga izoh yozishlari yoki ushbu takliflarga qoʻshimcha taklif bildirishlari mumkinligi haqidagi ma’lumotlarni ham berib oʻtdi.

Shu kungacha filial jamoasi tomonidan 11 ta Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining turli moddalari boʻyicha takliflar bildirilgan boʻlib, ular filial jamoasiga tanishtirildi. Fikr-mulohazalar inobatga olingandan soʻng, bildirilgan 8 ta (24-modda, 25-modda, 26-modda, 30-modda, 40-modda, 41-modda, 67-modda, 105-moddalar boʻyicha) takliflar ma’qullanib, filial jamoasi nomidan “www.meningkonstitutsiyam.uz” onlayn platformasiga taklif sifatida kiritishga tavsiya etildi.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash,

nazorat va monitoring sektori boshligʻi: Sh.Shoyimov

Scroll to Top