Ochiq eshiklar kuni

O‘sib kelayotgan yosh avlod har tomonlama ma’nan va jismonan chuqur aqliy bilimga ega bo‘lishlari uchun yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida qulay imkoniyatlar eshigi ochib berilgan. Kelajagimiz davomchilari bo‘lgan yoshlarimiz ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanib, kasb tanlashda adashmasdan, ustozlari bergan bilimlarni to‘liq o‘zlashtirishlari lozim.

Bugungi kunda Toshkent kimyo-texnologyaiya instituti Shahrisabz filialida navbatdagi o‘quv yili uchun nomzodlarni tanlash, sifatini oshirish maqsadida, shahar va tumandagi umumta’lim maktablarida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Bugun Chiroqchi tuman 156-maktab o‘quvchilari o‘z rahbarlari bilan filialga tashrif buyurishdi va filial haqida kerakli barcha ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Scroll to Top