Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida “Tarkibida giyohvandlik moddalari, psixotrop moddalar bo’lgan, shuningdek kuchli ta’sir qiluvchi preparatlarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish” oyligi doirasida talabalar bilan navbatdagi davra suhbati bo`lib o`tdi.

Ushbu tadbirda Shahrisabz shahar IIB boshlig’ining 1-o’rinbosari mayor A.Soxibov, IIB JQB boshlig’i kapitan Sh.Yaxshiev, mayor U.Rajabov, profilaktika inspektorlari kapitan R.Islomov, katta leytenant B.Nosirov hamda talabalar ishtirok etishdi.

Tadbirda giyohvandlikni oldini olish, inson salomatligi uchun zararli bo’lgan kimyoviy kuchli ta’sir etuvchi psixotrop moddalardan saqlanish to’g’risida ma’lumot berildi.
