“Oila – mehr va baxt qo‘rg‘oni. Oila bor ekan, farzand degan bebaho ne’mat bor, insoniy qadr-qimmat va ma’naviyat bor. Oilaviy baxt bu – eng ulug‘ saodatdir”.Shavkat Mirziyoyev

Inson borki, oilada tug‘iladi, voyaga yetadi. Oilalardan jamiyat tashkil topadi. Baxtli va farovon oilalar ko‘paysa, jamiyat rivojlanadi.

Oila – ijtimoiy hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini, tarbiyaning uzluksizligini ta’minlaydigan, kelajak avlod, qadriyatlar tizimiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadigan ijtimoiy makon.

Shunday oilaning axloqiy me’yorlari va qoidalari qo‘llab-quvvatlanadigan jamiyatda insoniyat madaniyatini kelajak avlodga yetkazish maqsadida, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan filial talaba-qizlari uchun davra suhbati tashkil etildi.

Scroll to Top