“Oila-muqaddas dargoh” 

 

15-may Xalqaro oila kuni munosabati bilan Toshkent kimyo-texnolgiya instituti Shahrisabz filialida “Oila-muqaddas dargoh” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Ushbu davra suhbatini tashkil etishdan maqsad, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, “Oila va xotin-qizlar” ilmiy tadqiqot institutining “O‘quvchi yoshlarni oilaviy hayotga ilk yoshdan boshlab bosqichma-bosqich tayyorlab borish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori bilan tasdiqlangan konsepsiyani amalga oshirish yuzasidan “Yo‘l xaritasi”da belgilangan topshiriqlar ijrosini ta`minlashdir.

Tadbirda Xotin qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi N.Shapsanova, tyutor M.Sobirova va TKTI Shahrisabz filiali bino komendanti Sh.Jumayeva hamda talaba-qizlar ishtirok etishdi.

Vatan taqdiri, xalq ravnaqi mustaqil yurtning kelajagi uchun avlod tarbiyasi bugunning birinchi masalasiga aylanganligi, oilaning jamiyatdagi o`rni,  er-xotinning o`zaro ahilligi, bir-biriga mehr-oqibatli bo‘lishi bilan bog`liq kerakli tarbiyaviy tushunchalar talaba-qizlarga yetkazildi.

 

Scroll to Top