“OILA-MUQADDAS QO’RG’ON” mavzusidagi davra suhbati

Butun dunyoda 1994 yildan beri 15-may “Xalqaro oila kuni” sifatida nishonlanib kelmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyundagi “O’zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PQ-3808-son qaroriga muvofiq, 15 may har yili “Xalqaro oila kuni” sifatida respublika bo’ylab keng nishonlanishi belgilab qo’yildi.

 Ushbu kunning belgilanishidan maqsad, jahon hamjamiyati diqqatini oilaviy qadriyatlarga va oila instituti bilan bog’liq muammolarga qaratishdir

15-may-“Xalqaro oila kuni” munosabati bilan Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali ma`naviyat xonasida Shahrisabz shahar ko`p tarmoqli poliklinika “Oila ava nikoh” bo`limi boshlig`i S.I.Xazratqulova, filial profilaktika inspektori katta leytenant N.B.Nosirov, xotin-qizlar masalalari bo`yicha dekan maslahatchisi N.Shapsanova hamda talabalar ishtirokida “OILA-MUQADDAS QO’RG’ON” mavzusidagi davra suhbati tashkil etildi.

Suhbat jarayonida oilaning muqaddas ekanligi, uni asrab-avaylash zarurligi, oila mustahkamligida qanoat, sabr, go’zal xulq, shirin muomalaning o’rni beqiyosligi, zero, “Mustahkam oila-yurt tayanchi” ekanligi talabalarga etkazildi.

Talabalar mavzu yuzasidan o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.Davra suhbati qizg’in munozara va tahlillarga boy bo’ldi.

Scroll to Top