“Ona tilim-sarchashmangdan sarxush dilim!” shiori ostidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir

21-oktabr O’zbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida” gi Qonun qabul qilinganligining o’ttiz uch yilligi munosabati bilan Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida “Ona tilim-sharchashmangdan sarxush dilim!” shiori ostidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbirda notiqlar tomonidan xalqimiz, ayniqsa, yoshlar ongida milliy o’zlikni anglash, ular qalbida o’z vatani bilan faxrlanish tuyg’ularini mustahkamlash, til xalqning ma’naviyat ko’zgusi, tafakkur xazinasi mahsuli ekanligi xususida so’z yuritildi. Darhaqiqat, til- inson taqdirini shakllantiradi, uni ro’yobga chiqaradi.

Tadbirda ishtirokchilar tomonidan davlat tili, vatan haqida aytilgan she’rlar, sahna ko’rinishlari-yu kuy-qo’shiaqlar, hikmatli so’zlar tinglovchilarda katta taassurotlar qoldirdi.

Scroll to Top