OTM va MAKTAB hamkorligi

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari F.Xidirov va professor-o‘qituvchilari hamkorlik doirasida Shahrisabz tumanidagi 69-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘ldilar.

Maqsad, maktab bitiruvchilarini kasbga yo‘naltirish, shuningdek, o‘quvchilarni filial hayoti bilan yaqindan tanishtirish, filial professor-o‘qituvchilari va talabalarining erishayotgan yutuqlari bilan o‘rtoqlashishdir.

Uchrashuvda o‘quvchilarga filial faoliyati, respublikamizning turli burchaklaridan kelib tahsil olayotgan talabalar hayoti, oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik aloqalari xususida gapirib berildi. Muloqot so‘ngida filial jamoasi nomidan 69-maktab o‘quvchilariga badiiy kitob jamlanmalari sovg‘a qilindi.

Scroll to Top