OTM va maktab hamkorligi

Mamlakatimizda ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish maqsadida OTM va maktab hamkorligi yo’lga qo’yilgan. Darhaqiqat, bugungi kunda o’quvchilarning iste’dodini kashf qilish, ularni o’zlari qiziqadigan sohaga yo’naltirish dolzarb vazifalardan biriga aylandi.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali direktori professor Sh.A.Mutalov Shahrisabz shahrida joylashgan №8-sonli o`rta  maktabiga tashrif buyurdi.

Dastlab 5-6-sinf o`quvchilari tomonidan bajarilgan tasviriy san`at hamda amaliy qo`l ishlari namoyishi bilan tanishildi. So`ngra bitiruvchi sinf o`quvchilari ishtirokida “Kasbim – mening kelajagim” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-treningda bitiruvchi sinf o`quvchilarini qiziqishlaridan kelib chiqqan holda kasbga yo`naltirish bo`yicha motivatsion ko`rsatmalar, ma`lumotlar taqdim etildi.

Scroll to Top