Mana bahorgi semestrlarni muvaffaqqiyatli yakunlagan bizning Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali talabalari endilikda so’rovnoma asosida, o’z yo’nalish va qiziqishlariga qarab shartnoma asosida Respublikamizning turli viloyatlarida joylashgan katta-katta korxonalarga bir oy mobaynidagi amaliyot oyligiga yo’l olishdi. Shular qatorida fililalimizning Texnologik mashinalar va jihozlar (TMJ) yo’nalishi 9-20 guruh talabasi Qo’yliyev Abduahad ham o’zining qiziqishlari doirasida Toshkent shahrida joylashgan “Texnopark” o’quv markazida amaliyot o’tamoqda.
“Texnopark” o’quv markazi 2020-yildan buyon faoliyat olib bormoqda. Ko’rib turganingizdek, “Texnopark” o’quv markazida VR (virtual reallik) tizimi joriy etilgan.
Dastur “Texnopark” mutaxasislari tomonidan “VRonica” kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan VR simulyatorida 1-bosqichda “G4” rusumli “OSTEN” gaz hisoblagichining mexanik va elektron qismlarini yig’ish mahoratini amaliyotda sinab ko’rish mumkin. Darhaqiqat, bunday o’quv markazlari talabalarni bilgan va o’rgangan bilim va ko’nikmalar uchun haqiqiy tajriba maktabi bo’la oladi.
suratda-Bloger talaba Bahromov Namozali