O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning ishonchli vakillari bilan uchrashuv

Joriy yildagi prezidentlik saylovlari o‘zining qizg‘in pallasiga kirmoqda. Saylovchi sifatida mazkur jarayonlarni kuzatar ekanmiz, oktyabr oyining dastlabki kunlaridan nomzodlarning saylovchilar bilan faol targ‘ibot-tashviqot tadbirlari samarali olib borilmoqda.

Nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlari davomida asosiy e’tibor saylovoldi dasturlarini ma’no-mazmunini saylovchilarga yangicha yondashuv asosida tushuntirishga qaratildi.

Kuni kecha Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida O‘zbekiston Respublikasi XDPdan ko‘rsatilgan nomzod Maqsuda Azizovna Vorisovaning ishonchli vakillari  bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Dastlab nomzod haqida ma’lumot berildi. Uning faoliyati, oilasi va amalga oshirgan ishlari bilan yig‘ilganlar tanishtirildi.

Jamoatchilikning fikrini shakllantirish, odamlarning xohish-istaklari bilan qiziqish bularning barchasi saylovoldi jarayondagi muhim jihatlar sanaladi. Zero, tashviqot ishlarida ularni tinglamay, dardini bilmay turib yaxshi natijaga erishib bo‘lmaydi.

Scroll to Top