O`zbekiston Respublikasining 28 yilligiga Shahrisabz yangilanish va yuksalish yo`lida

O`zbekiston Respublikasining  28  yilligiga

                     Shahrisabz yangilanish va yuksalish yo`lida

           Bu yil Toshkent kimyo-texnologiya institutining  Shahrisabz  filiali  2019 yil 11 iyun № 489- sonly qarorga asosan tashkil etildi va 150 ga yaqin talaba qabul qilindi.

Shahrisabz shahrida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialining ochilishi va O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan “JonajonO`zbekistonim, mangu bo`l omon” deb nomlangan tantanali bayram tadbiri bo`lib o`tdi.

Bo`lib o`tgan tadbirda Qashqadaryo viloyati hokimligining xotin-qizlar masalalari bo`yicha muovini Mustafayeva Maqsuda Sayfullayevna, Shahrisabz shahar hokimi Karimov To`lqin Tursunovich, Toshkent kimyo-texnologiya instituti yoshlar bilan ishlash bo`yicha prorektori Po`latov Xayrulla Lutfullayevich, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali direktori Norqobilov Adham Tilovovich, nuroniy jamgarmasi Shahrisabz shahar bo`limi rahbari Voxidov Fazliddin Sharipovich, mehnat fahriysi Tolib Alimov, yuqori ball to`plab talabalikka tavsiya etilgan talabalar, ularning ota-onalari so`zga chiqib barchani respublikamiz mustaqilligining 28 yilligi, yangi o`quv yili boshlanishi va Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialining ochilishi munosabati bilan samimiy muborakbod etdilar.

Tadbir yakunida faxriy mehmonlar, mehnat faxriylar iishtirokida “Toshkent kimyo-texnologiya instituti  Shahrisabz filiali”ni rasman ochiq deb  e`lon qilindi.

Shu kuni tantanali ochilish marosimiga tashrif buyurgan mehmonlar, ishtirokchilar, institut faoliyati bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Scroll to Top