Kuni kecha Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Respublikasi Liberal-demokratik partiyasining Shahrisabz shahar kengashi raisi, KOICA markazi direktori F.Radjapov va O‘zbekiston Respublikasi Liberal-demokratik partiyasining Shahrisabz tuman kengashi raisi, 1-sonli kasb-hunar maktabi direktori A.Uzoqovlar bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.
Dastlab, shahar kengashi raisi yig‘ilganlarni partiya faoliyati, olib borilayotgan islohotlarbilan tanishtirdi. So‘ngra so‘nggi yillarda ta’lim tizimida amalga oshirilgan islohotlar misolida Yangi O‘zbekistonning bunyodkorlari aynan zamonaviy ilm-fan asoslarini puxta egallagan, yetuk mutaxassislar ekanligini aytib o‘tdi.
Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar, ta’lim tizimidagi islohotlarning izchil davom ettirilishi Yangi O‘zbekistonning haqiqiy bunyodkorlarini kamolga yetkazishga xizmat qilishini ta’kidlab o`tishdi.