2023-yil 30-oktabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali “Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi” kafedrasi assistent-o’qituvchilari G’.Evatov, Sh.Bozorov va Sh.Buzrukovlar tomonidan “Pivo va alkogolsiz ichimliklar texnologiyasi” fanidan “DEGUSTATSIYA O’TQAZISHNI TARTIB VA SHARTLARI” mavzusidagi amaliy ochiq dars mashg’uloti tashkil etildi.
Maqsad, talabalar ishtirokida Pivo, vino va konyak mahsulotlardagi spirt quvvati, hidi, ta’mi, rangi va shakar miqdorini laboratotiya usulda aniqlash.
Degustatsiya “VINO VA BIJG’ISH MAHSULOTLARI ALKAGOLSIZ ICHIMLIKLAR TEXNOLOGIYASI ” yo’nalishi 22-20-guruhi talabalari ishtirokida amalga oshirildi.
Talabalar guruhlarga bo’linib, Pivo, Quruq vino, Quvvatlangan vino, Disert vino va Konyaklarni organoliptik sifat ko’rsatgichlarini o’zlari baholab borishdi.
Report content on this page