Til- muomala, so’zlashuv va aloqa vositasi bo’lishi bilan birga millat qiyofasini belgilovchi bebaho ne’matdir.Shunday ekan, xalqni xalq, millatni millat darajisiga ko’taradigan uning ona tili hisoblanadi.
Tilga e’tibor-elga e’tibor. Har bir davlat o’z davlat tilining sofligi, boyib borishini ta’minlaydi va qo’llanilish, iste’mol doirasini kengaytirish uchun g’amxo’rlik qiladi.
Bugun O’zbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida” gi Qonun qabul qilinganligining o’ttiz ikki yilligi munosabati bilan Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida “Qadring baland bo’lsin, ona tilim!” shiori ostidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbir filial sirtqi bo’lim boshlig’i Sh.R.Rahmonova va katta o’qituvchi B.J.Nazarovlar tashabbuskorligida tayyorlandi. Tadbirda notiqlar tomonidan xalqimiz, ayniqsa, yoshlar ongida milliy o’zlikni anglash, ular qalbida o’z vatani bilan faxrlanish tuyg’ularini mustahkamlash, til xalqning ma’naviyat ko’zgusi, tafakkur xazinasi mahsuli ekanligi xususida so’z yuritildi. Darhaqiqat, til- inson taqdirini shakllantiradi, uni ro’yobga chiqaradi.
Muhtaram yurtboshimiz aytganlaridek: ”Kimda-kim o’zbek tilining bor latofatini, jozibasini va ta’sir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo’lsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, o’lmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va xofizlarimizning sehrli qo’shiqlariga quloq tutsin”.
Tadbirda ishtirokchilar tomonidan davlat tili, vatan haqida aytilgan she’rlar, sahna ko’rinishlari-yu kuy-qo’shiaqlar, hikmatli so’zlar tinglovchilarda katta taassurotlar qoldirdi.
Shuningdek, tadbirda faol ishtirokchilarga estalik uchun kitoblar ulashildi.