O‘tayotgan har bir kun tarixning bir unutilmas sahifasiga aylanadi. Siz-u biz bilan yashayotgan insonlar amalga oshirayotgan ezgu ishlar kelajak avlod uchun ibrat namunalari bo‘lishida esa kitobning alohida o‘rni va ahamiyati beqiyos.
Kitob — hayot hikmatlarini o‘rgatuvchi javohirlar sandig‘i. U kishida ota-onaga mehr-muhabbat, el-yurtga yaqinlik, Vatanga muhabbatni ongu shuurga singdiradi.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali direktori professor Sh.A.Mutalov tashabbuskorligida va homiyligida nashr etilgan filial TMJ yo‘nalishi 2-kurs talabasi Usmonova Matlubaning “Qalb gavhari” nomli she`riy kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.



Taqdimotda dastlab ushbu kitobning mazmun-mohiyati haqida so‘z yuritildi, kitobda joy olgan tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan satrlarga talabalar hamda ishtirokchilar tomonidan ijobiy fikrlar bildirildi.




