Qarshi shahrida 11-12 noyabr kunlari “Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi” bo‘lib o‘tmoqda. Unda asosan, “Neft-gaz va kimyo sanoati korxonalarining mahsulotlari” ko‘rgazmasi va shu sohadagi olimlarni ilmiy tadqiqotlari natijalari bo‘yicha ilmiy ma’ruzalar tinglandi.
Jumladan, TKTI Shahrisabz filiali katta o‘qituvchisi Sodiqov Mansur Qaxxorovich va O‘zMU professori Nurmanov Suvonqul Erxonovich tomonidan “Neft-gaz va kimyo sanoati sohasidagi ilmiy tadqiqot muassasalari tomonidan mahsulotlarni mahalliylashtirish” bo‘yicha taklif etilayotgan ilmiy ishlanmalar to‘g‘risidagi ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.