O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Qashqadaryo viloyatida o’tkaziladigan qo’mondonlik – shtab o’quv mashqiga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish bo’yicha 2021-yil 17-martdagi 2-sonli tashkiliy ko’rsatmasiga binoan Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida joriy yilning 29-mart kuni o’quv mashqlari boshlandi.
Unda, favqulodda vaziyatlarda harakat qilish bo’yicha filial professor-o’qituvchilari va talabalarining shayligi, favqulodda vaziyatlar sodir bo’lganda oqibatlarini bartaraf etish uchun zarur asbob-anjomlarning holati o’rganildi. Jarayon davom etmoqda.