Rektor tavsiya qilgan asar.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali direktori professor Mutalov Shuhrat Ahmadjonovich Li Myon Bakning – “Mo’jiza sodir bo’lmaydi!” nomli kitobni tavsiya etadi

Insonning har qanday to’siq va mashaqqatlar ustidan g’alabasi haqida ta’sirchan qissa!

Akalari deb o’qishdan voz kechishga majbur etilgan kenja o’g’il qanday yo’lni tanladi?

Maktabdagi mashg’ulotlar vaqtida, o’qituvchilar o’qish uchun haqni olib kelishga ota-onasi huzuriga jo’natgan bolaning tog’dagi sayri | Rasidalik davrida somon shlyapada bodroq sotishga majbur bo’lgan o’smirning tahqirlanishi | O’z kuchiga ishonmagan, do’stu yori bo’lmagan yigitchaning butun mamlakatni titratgan harakat tashkilotchilaridan biriga aylanishining sababi | Davlat siyosatiga qarshi noroziliklarining sobiq ishtirokchisi ishga joylashuviga to’sqinlik qilgan diktatorlik hukumatiga maktub | Tailandda joylashgan qurilish ob’yektidagi isyon, hayotini xavf ostiga qo’yib bo’lsa-da kompaniya seyfini asrab qolish | Harbiy diktatura va stagnatsiya davri, mamlakatning demokratlashuvi va iqtisodiy taraqqiyoti | Huzurida kompaniya direktorining rafiqasimi, prezident qarorgohidan kelgan odamlarmi – kim bo’lishidan qat’iy nazar, qonun-qoidalarni har narsadan ustun qo’ygan inson | Korporatsiya vorisi va professional menejer birgalikdagi faoliyati sharoitida ularning munosabatlarini qanday yo’lga qo’yish mumkin? Hokimiyat va kompaniya, shaxsiy maslak va murosa | Qonli ko’z yoshlari bilan Koreyada avtomobil sanoatining birlashishiga yo’l qo’ymagan qat’iyatli biznesmen | Urush boshlanishi tufayli Bog’doddan majburan ketish direktorining eri mudom ishda qolib ketaverishi, tufayli bor-yo’g’i ikkinchi xotin, degan sharmandali mish-mishlar ob’yektiga aylangan rafiqasi | Kompaniya sohibi o’zi tuzgan partiyaga taklif qilgan chog’ida sadoqat mantig’i | Bir kecha-kunduzda 18 soat ishlaydigan kishi o’z farzandlarini qanday tarbiya qiladi.