Joriy yilning 14-mart sanasida direktorimiz Sh.A.Mutalov va filialimizning tashabbuskor talabalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda talaba- yoshlarning bugungi kundagi mavjud muammolari, fikr-mulohazalarini o‘rganish, ularni ijobiy hal qilish masalalari birgalikda muhokama qilindi.

“Siz talaba-yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, islohotlarni amalga oshirishda yetakchi drayverlariga aylantirish, faol fuqarolik pozisiyaga ega bo‘lishingizda barcha sharoitlarni yaratish bu bizning oldimizdagi ulkan vazifa hamda majburiyatimizdir. Hayot kurashdan iborat. Bu kurashda faqat kuchli bilim va salohiyatga ega bo‘lganlargina g‘olib bo‘ladi,” – deya takid etdilar Sh.Axmadjonovich.

O‘z navbatida, talabalar ham filial rahbariyatiga o`z savol va takliflari bilan murojaat qildilar:


