Joriy yilning 28-mart sanasida TKTI Shahrisabz filiali tyutori Marhabo Sobirova hamrohligida FOBMT yo’nalishining 25-20 guruh talaba qizlari sharqning bebaho durdonasi bo’lmish Samarqand shahriga sayohat qilishdi.
Samarqand-madaniyatlar chorrahasi, yer yuzining sayqali, zaminning eng qadimiy shaharlaridan biri.
Dastlab Registon maydonini, Shohizinda me’moriy majmuasini, Ulug‘bek rasadxonasini, so`ngra O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimov qabrlarini ziyorat qilishdi.
Samarqandga sayohat ko‘tarinki ruhda hamda xavfsizlik qonun-qoidalariga amal qilgan holatda o’tdi.