Semenar dars
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida ayni ta’til kunlarida ilm dargohining direktori professor Sh.A.Mutalov rahbarligida professor-o`qituvchilar tomonidan semenar darslar tashkil etish rejalangan. Bugungi semenar darsi “HEMIS axborot tizimida professor-o`qituvchilarning vazifalari, fan topshiriqlarini, imtihonlarni shakllantirish, talabalarni baholash tizimi haqida ma`lumot” mavzusida bo`lib o`tdi. Uni filial professor-o`qituvchisi U.Norqulov o`tib berdi.
HEMIS axborot tizimi — bu o‘qituvchilarning kaliti, shaffoflikni ta’minlaydigan yagona platforma sifatida ma’lumotlar kiritiladigan baza hisoblanadi.
Seminarda HEMIS dasturida ishlash, kredit-modul tizimida o‘quv jarayonini rejalashtirish va tashkil etish, pedagoglar faoliyati va o‘zlashtirishni baholash, tizimda me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan ishlash, raqamlashtirish kabi muhim tamoyillarga ham to’xtab o’tildi.