Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida “Shahrisabz SEO va JSX” xodimlari bilan davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda sanitariya bo`lim mudiri Q.Xudoyqulov, sanitariya- gigiyena laboratoriyasi bo`lim mudiri D.Boboqulova, oliy toifali shifokor Giyes Mavlonov, bakteriologik laboratoriyasi xodimi Uktam Raxmonov, professor-o`qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda “Botulizm“ kasalligini oldini olishga qaratilgan chora tadbirlarning dolzarbligiga alohida to‘xtalib o‘tildi. Seminar yig‘ilish bahs va munozaralarga boy bo‘ldi.
Qisqa qilib aytganda, har kim o‘zi va oilasining sog‘ligi uchun avvalo o‘zi mas’ul ekanligini unutmasligi kerakligi ta`kidlandi.