Shahrisabz – Amir Temurning vatani

Shahrisabz – O‘zbekistonning qadimiy va go‘zal shaharlaridan biri bo’lib, tarixiy markazi YUNESKOning Butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Buyuk sarkarda Amir Temur shu shaharda tug‘ilgan.

Ko‘kalamzor va gullar bilan o‘ralgan shahar haqli ravishda “Yashil shahar” nomini oldi.

Eng mashhur diqqatga sazovor joylar

Shahrisabzda nimani ko‘rishingiz mumkin:

✔️ qadimgi Oqsaroyning xarobalari,

✔️ Ko‘k gumbaz masjidi,

✔️ Dor ut-Tilovat yodgorlik majmuasi,

✔️ Dorus-Saodat, Shamsad-Din Kulyal, Gumbazi-Seyidon maqbaralari.

Sovg’alar va suvenirlar 🛍

Shahrisabz markazida sayr qilar ekansiz, eski madrasalarda yoki shunchaki yo‘l bo‘ylab joylashgan ko‘plab esdalik sovg‘alar bilan savdo qiluvchi ustaxonalarni ko‘rishingiz mumkin. Tarvuz qo‘ltiqlagan ko‘ngli ochiq chollar, o‘yib ishlangan sandiqchalar va rang-barang matolar kabi hunarmandchilik mahsulotlarini taklif etishga ustalar tayyor turishadi. Ular orasida shahar tasviri tushirilgan turli xil shakldagi magnitlar alohida ajralib turadi. Odatdagidek loy va keramikadan yasalganlaridan tashqari, yog‘och, qog‘oz, teri va hatto marmardan yasalganlari ham bor!

Tarix 🏺

Shahar Samarqanddan 80 km uzoqlikda joylashgan. Shahrisabz “Yashil shahar” degan maʼnoni anglatadi va u O‘zbekistonning eng qadimiy shaharlaridan biridir.

Shahrisabz buyuk sarkarda Amir Temurning vatani sifatida butun dunyoga tanilgan bo‘lib, uning hukmronligi davrida haqiqiy fan va sanʼat markaziga aylangan.

Shaharda ko‘plab diqqatga sazovor meʼmoriy obidalar joylashgan bo‘lib, uning tarixiy markazi YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

O‘zbekiston hukumati shaharning madaniyat va turizm markazi sifatida ulkan salohiyatini namoyish etadigan “Shahrisabz – festivallar shahri” konsepsiyasini faol ilgari surib kelmoqda. Shu yo‘sinda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan 2018 yilning sentyabr oyida ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan “Maqom” xalqaro sanʼat festivali Shahrisabz shahrida birinchi marta bo‘lib o‘tdi.

Scroll to Top