Shaxmat sport turi bo’yicha musobaqa

Shaxmat sport turi bejizga “aql gimnastikasi” deya e’tirof etilmaydi. Bu sport turning inson salomatligidagi o‘rni yuqori ekanligi tibbiyotda ma’lum.

Sog‘lom turmush tarzini to’g’ri tashkil etish va aholini sport mashg‘ulotlariga keng jalb etish borasida sezilarli ishlar olib borilayotganligi hech kimga sir emas.

TKTI Shahrisabz filialida sportning “shaxmat” turi bo‘yicha professor-o`qituvchilar va talabalar o‘rtasida musobaqa bo’lib o’tdi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommalashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-4954-sonli qarori 12-band 3-xatboshisida Pedagog xodimlar o`rtasida shaxmat bo`yicha “Eng yaxshi innovatsion o`quv-metodik qo`llanma” tanlovini o`tkazish vazifasi belgilangan. Tanlovda munosib ishtirok etish hamda professor-o`qituvchilar va talabalarni bo`sh vaqtini mazmunli va maroqli tashkil etishlarini to’g’ri yo’lga qo’yishlari maqsadida ana shunday sport tadbir o‘tkazilmoqda.

Musobaqa juda qizg’in va ko’tarinki kayfiyatda o’tdi.

Professor-o’qituvchilar o’rtasida bo’lib o’tgan qiziqarli bellashuvda:

3- o’rin filial professor-o’qituvchisi O.Ne`matovga,

2-o’rin filial matematika fani professor-o’qituvchisi Sh.Qurbonovga,

1-o’rin filial matematika fani professor-o’qituvchisi T.Primovga nasib etdi.

Talaba-yigitlar o’rtasidagi musobaqada:

3-o’rin 2-19 guruh talabasi D.Iskandarovga,

2-o’rin 1-21 guruh talabasi A.Eshaliyevga,

1-o’rin 6-20 guruh talabasi A.Ramozonovga nasib etdi.

Talaba-qizlar o`rtasida esa:

3-o`ringa 23-21 guruh talabasi X.Ibodova ;

2-o`ringa 23-21 guruh talabasi O’.To`labayeva;

1-o`ringa 13-21 guruh talabasi L.Turg`unova munosib deb topildi.

Scroll to Top