Siz kutgan bayram…

17 noyabr Xalqaro talabalar kuni. Albatta, bu bayramni yoshlik va romantika deb eslanadi. Ertaning egalari talaba yoshlar- jamiyatning eng oqil, dono qismi.

Dunyodagi jamiki talabalar, shu jumladan Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali talabalari bu unitilmas kunda dildan quvnashadi, ular tomonidan turli tanlovlar o‘tkaziladi, eng faol talabalar esa taqdirlanadi.

Filial Yoshlar ittifoqi yetakchisi U.To’rayeva hamda talabalari tomonidan O’zbekiston Respublikasi davlat bayrog’i qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “Bayrog’im – faxrim” nomli tadbir tashkil etildi.

Tadbir avvaliga davlat madhiyasi sadosi ostida davlatimiz bayrog’i ko’tarildi.

Tadbirni filialimiz direktori professor Sh.A.Mutalov ochib berdi.

Tadbirda sahnaviy chiqishlar, kuy-qo’shiqlar namoyish etildi.

Tadbirning ikkinchi qismida filialda ilk marotaba QVZ uchun “Direktor kubogi” bellashuvi bo’lib o’tdi. Unda barcha obrazlarda namoyon bo’la oladigan, raqiblarini tahlikaga sola oladigan jamoalar o’zaro bellashishdi.

Filial rahbarlaridan talabalarga bayram tabriklari bildirildi.

Tadbir so‘ngida  “Bayrog’im g’ururim, faxrim” shiori ostida o’tkazilgan insholar va referatlar tanlovi g’oliblari, faol talabalar va g’olib jamoalar filialimiz direktori tomonidan munosib taqdirlandi.

Tadbirda faol ishtirok etgan va tashkillashtirishda yordamlashgan barcha talaba-yoshlarga minnatdorchilik bildiramiz!

Scroll to Top