“Sog‘lom va barkamol oila”

Joriy yilning 16-dekabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali sport zalida “Sog‘lom va barkamol oila” shiori ostida 3-sektor hududidagi mahallalar o‘rtasida sport musobaqasi tashkil etildi.

Musoboqaning tantanali ochilish marosimida Shahrisabz shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Ulug‘bek Otaqulov, shahar “Turizm va sport” bo‘limi boshlig‘i Jamol Nuraliyev, TKTI Shahrisabz filiali o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari B.Sirojov, sport murabbiylari N.Rahmatov, A.Sattorovlar ishtirok etishdi.

Bosh hakam Zafar Ashurov so‘zga chiqib, mahallalardan kelgan sportchi oilalarga omad tiladi.

Har bir mahalladan kelgan eng yaxshi sportchi oilalar besh shart bo‘yicha bellashishdi. Musoboqada g‘oliblar aniqlandi. 1-o‘rin Sariosiyo MFY, 2-o‘rin Ipak Yo‘li MFY, 3-o‘rin Kamolot MFY, 4-o‘rin X.Baxshi MFYga nasib etdi.

A’zam Umarov, Azamat Umirov, Ruslan Maxmudovlar oilasi viloyatda o‘tkaziladigan musoboqada ishtirok etishadi.

Bellashuvda g‘oliblikni egallagan oilalarga va ishtirokchilarga Shahrisabz shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i hamda shahar “Turizm va sport” bo‘limi boshlig‘i tomonidan faxriy yorliqlar, esdalik sovg‘alari topshirildi.

Scroll to Top