O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30- oktyabrdagi “Sog`lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida” PF 6099-son farmoni hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2021-yil 19-yanvar kuni Respublika Ma`naviyat va ma`rifat kengashining video-selektor tarzida o`tkazilgan majlisning 3-son bayoni ijrosini ta`minlash yuzasidan “Sport bilan og`usiz hayot sari” shiori ostida oliy ta`lim muassasalari professor-o`qituvchilari o`rtasida “Do`stlik spartakiadasi” musobaqalarini o`tkazish rejalashtirildi. Shu munosabat bilan 2021 yilda 27-mart kuni TKTI Shahrisabz filialida TOPU Shahrisabz filiali hamda TKTI Shahrisabz filiali jamoalari o`rtasida voleybol musobaqasi bo`lib o`tdi .


Musobaqani TKTI Shahrisabz filiali o`quv va tarbiyaviy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari B.Sh.Sirojov kirish so`zi bilan ochib, jamoalarga omadlar tiladi. Madhiya sadolari tinglangach, musobaqaga start berildi. Musobaqa ko`tarinki kayfiyatda o`tdi.
Musobaqa natijasiga ko`ra:
Ayollar jamoalari o`rtasida:
TKTI Shahrisabz filiali jamoasi: 2
TDPU Shahrisabz filiali jamoasi: 1
Erkaklar jamoalari o`rtasida:
TKTI Shahrisabz filiali jamoasi: 1
TDPU Shahrisabz filiali jamoasi: 2
hisobida yakunlandi.

Musobaqa yakunida, oliygoh mamuriyati tomonidan jamoa a’zolariga esdalik sovg`alari topshirildi va kelgusida hamkorlikda musobaqalar tashkil etish rejalashtirildi.
