“Sport-salomatlik garovi” shiori ostidagi sport musobaqasining viloyat bosqichi

Ma`lumki, joriy yilning 25-mart kuni Qarshi shahrining Olimpiya zaxiralari kollejining sport majmuasida O‘zbekiston tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Qashqadaryo viloyat birlashgan qo‘mitasi tashabbusi bilan “Sport-salomatlik garovi” shiori ostida tarmoqning tumanlararo sport saralash musobaqalari bo`lib o`tgan edi.

Unga ko`ra, 1-o’rinni egallagan sportchilarimiz joriy yilning 29-31 mart kunlari Shahrisabz shahrining Ziyo chashmalari bolalar oromgohida tashkil etiladigan sport musobaqalarida ishtirok etish yo’llanmasini qo’lga kiritishgan edi.

Ayni damda, Shahrisabz shahrining so‘lim maskani bo’lmish “Beruniy” oromgohida tashkil etilgan spartakiada musobaqalarida filialimiz sportchi jamoasi a’zolari mardonavor ishtirok  etib, faxrli o`rinlarni qo`lga kiritishdi:Sportning “Stol tennisi” turi bo‘yicha ayollar bahsida talaba Shaxnoza Ko`chkarbayeva birinchi o‘rinni egallab, Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo`lga kiritdi

Sportning “Shaxmat turi bo’yicha erkaklar bahsida Primov To‘lqin 3-o’rinni

va “Shashka” turi bo’yicha Shuxrat Qurbonovlar 2-o’rinni qo’lga kiritishdi

Faxrli o‘rinlarni egallagan filialimiz sportchi jamoasi tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandilar.

Scroll to Top