“Sportni sev, sport bilan yasha”shiori ostida sport musoboqasi

Jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʼullanish aholimiz sogʼligʼini mustahkamlashda muhim oʼrin tutadi.Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida 19-fevral kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Shahrisabz filiali hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali jamoalari, Xalq taʼlimi murabbiylari jamoasi, Namaton MFY jamoalari hamkorligida “Sportni sev, sport bilan yasha” shiori ostida basketbol musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqa oʼyinlari juda qiziqarli va murosasiz kechdi.

Oliygohlararo ushbu musobaqaning final bosqichida TKTI Shahrisabz filiali basketbol jamoasi 19:4 hisobida gʼalaba qozonishdi. 

Mahallalararo musaboqada esa Xalq taʼlimi murabbiylar jamoasi 1-oʼrin, 14-maktab jamoasi 2-oʼrin va Namaton MFY jamoasi 3-oʼrinni qoʼlga kiritishdi.

Oʼtkazilgan musobaqa gʼoliblari homiy tashkilotlar –Shahrisabz shahar Sport Qoʼmitasi va TKTI Shahrisabz filiali mutasaddilari tomonidan diplomlar va esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandilar.

Scroll to Top