Sportning “voleybol” turi bo`yicha musobaqa

Toshkent kimyo- texnologiya instituti Shahrisabz filialida “17-noyabr Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan Yoshlar ittifoqi etakchisi hamda jismoniy tarbiya va  sport murabbiylari hamkorligida sportning voleybol turi bo`yicha yo’nalishlar kesimida talaba o`smirlar o`rtasida musobaqa bo`lib o`tdi.

Dastlab barcha jamoalar saf tortishib, davlatimiz madhiyasi sadolari ostida musobaqaga start berildi. Musobaqa 14 ta jamoa ishtirok etdi.

Musobaqaning birinchi kunida to`rtta jamoa yarim finalga chiqishdi.

Musobaqa qizg`in, ayniqsa, hal qiluvchi bahslar murosasiz o `tdi. Musobaqa yakunida quyidagi jamoalar g`olib va sovrindorlarga aylanishdi.

1-   o`rinni “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish” yo’nalishi 6-20 guruh jamoasi;

2-   o`rinni “Kimyoviy texnologiya” yo’nalishi 15-20 guruh jamoasi ;

3-   o`rinni “VTBMAIT” yo’nalishi 19-21 va “FOBMT” 6-19 guruh jamoalari egallashdi.

G’olib jamoalar filial direktori tomonidan munosib taqdirlandilar.

Scroll to Top