“Stol tennis” turi bo’yicha “Direktor kubogi” musobaqasi

Darhaqiqat, muhtaram Prezidentimiz so’zlari bilan aytganda: “Hech narsa mamlakatni sportchalik dunyoga tez tanita olmaydi”. Dunyoda mashhur davlatlar AQSH, Xitoy, Yaponiya, Germaniya, Braziliya kabi mamlakatlar aynan sportning stol tennis turidan ustunligi bilan barchamizga tanish. Bilamizki, hozirgi kunda bizning mamlakatimizda ham sportning juda ko’p turlari rivojlanib, jahon arenalarida sportchilarimiz yuqori o’rinlarni egallab, yurtimiz dovrug’ini butun dunyoga tanitmoqda. Shu tufayli, yurtimizda sportning rivoji va uning porloq kelajagi uchun keng ko’lamdagi ishlar, shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Nafaqat, yurtimizda balki, bizning Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialimizda ham sportga bo’lgan qiziqishni oshirish, bo’sh vaqtni unumli tashkil etish maqsadida: “Sog`lom turmush tarzini keng tadbiq etish” oyligi doirasida talabalar va filialimiz professor-o’qituvchilari o’rtasida sportning “stol tennis” turi bo’yicha “Direktor kubogi” musobaqasi o’tkazildi.

Murosasiz va shiddatli kechgan musobaqa juda qizg’in va ko’tarinki kayfiyatda o’tdi. Talaba-yigitlar o’rtasidagi musobaqada:

3-o’rin 18-20guruh talabasi J. Najmiddinovga,

2-o’rin 2-19 guruh talabasi D. Iskandarovga,

1-o’rin 15-20 guruh talabasi A.Mustafoyevga nasib etdi.

 

Talaba-qizlar o`rtasida:

3-o`rin 15-21 guruh talabasi K.Sattorova;

2-o`rin 21-21 guruh talabasi S. Elyosova;

1-o`rin 13-21 guruh talabasi Sh. Qo`chqorova g`olib deb topildi.

Professor-o’qituvchilar ham sportning “stol tennisi” turidan o’z omadlarini sinab ko’rishdi. Qiziqarli o’tgan belllashuvda:

3- o’rin filial professor-o’qituvchisi Zokirov Begzodga,

2-o’rin filialimiz tyutori Jo’raqulov Alisherga ,

1-o’rin monitoring va ichki nazorat bo’lim boshlig’i Shoimov Shermurodga,

Xotin-qizlar o’rtasida o’tkazilgan musoboqada esa:

2-o’rin filialimiz XQMBDM, psixolog A.U.Berdiyevaga,

1-o’rin esa filialimiz yoshlar ittifoqi yetakchisi  U.S.Turayevaga nasib etdi.

Musobaqada faol ishtirok etgan va yuqori o’rinlarni egallagan professor-o’qituvchilar, talabalar filialimiz direktori prof.Sh.A.Mutalov tomonidan qimmmatbaho sovg’alar, diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanib, ularga kelgusi ishlarida omad va zafarlar, samimiy tilaklar bildirildi.

Scroll to Top