Joriy yilning 21-noyabr kuni AQSHning O`zbekistondagi elchixonasi vakillari Saida Choriyeva, Wil`yam Lengli hamda Amerika Qo`shma Shtatlarida joylashgan “Idaho” universitetining “Mikrobiologiya va oziq-ovqat xavfsizligi” kafedrasi mudiri, professor Gulhan Unlular Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialiga tashrif buyurishdi.
Tashrifdan maqsad, TKTI Shahrisabz fililai va Idaho universiteti o‘rtasidagi hamkorlik doirasida professor Gulhan Unlu 1 oy muddatga TKTI Shahrisabz fililai talabalari uchun “Mikrobiologiya va oziq-ovqat xavfsizligi” fanidan ma’ruzalar o‘qishi hamda o‘z ilmiy tajribasini filial professor-o‘qituvchilari bilan almashish rejalashtirilgan.
Filial direktori professor Sh.A.Mutalov, Saida Choriyeva, Wil`yam Lengli hamda Gulhan Unlular bilan hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.
Muhokama yakunida esdalik sovg`alari topshirildi.
Professor Gulhan Unlu tomonidan Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialining jamoasi – kafedra mudirlari, professor-o’qituvchilar, bo’lim boshliqlari uchun seminar-trening tashkil etildi.
Yig’ilish ishtirokchilari o’zlarini qiziqtirgan savol va takliflarini bildirdilar.
Professor-o’qituvchilar yig’ilish davomida dolzarb mavzularni o’rtaga tashlashdi va o’zlariga kerakli ma’lumotlarni olishdi.