“Talaba yoshlarni korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish” mavzusidagi davra suhbati

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi R.Shoyimov filialning 2-bosqich talaba-yoshlar uchun “Talaba yoshlarni korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish” mavzusidagi davra suhbatini tashkil etdi.

    Davra suhbatida ma`ruzachilar tomonidan mamalakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi, korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ishlar mutlaqo yangi bosqichga o’tganligi, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qabul qilingan me’yoriy-huquqiy xujjatlarning mazmun-mohiyati hamda korrupsiya va uni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish, korrupsion xavf-xatarlar va manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish masalalari bo‘yicha tushuntirishlar berib o‘tildi.

Profilaktika inspektori katta leytenant Bobur Nosirov yoshlar o‘rtasida uchraydigan jinoyatchilikning ayanchli oqibatlari, yoshlar orasida sodir boʻladigan mayda bezorilik, huquqbuzarliklar va ularga qarshi profilaktik tadbirlar haqida maʼlumotlar berdi, jinoyatga jazo muqarrar ekanligi tushuntirildi. Nafaqat filialning ichki tartib qoidalariga, balki ko‘cha-ko‘yda yurganda ham odob-axloq me’yorlariga amal qilish lozimligi aytib o’tildi.

Scroll to Top