Joriy yilning fevral oyida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialining barcha yo`nalishlar kesimidagi 1-bosqich talaba-yoshlari uchun “Talaba yoshlarni korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish” shiori ostidagi targ’ibot-tashviqot ishlari olib birildi.
Uni korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi R.Shoyimov, talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo’lgan direktor maslahatchisi U.Sh.Davronov va tyutorlar amalga oshirdi..
Talabalar o’rtasida sodir etilish xavfi mavjud bo’lgan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik pora taklif qilish, pora berish, pora oluvchi va beruvchilar o’rtasida vositachilik qilish jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida talaba-yoshlar ogohlantirildi.
Talaba yoshlarga faoliyatlari davomida korrupsiyaviy huquqbuzarlik holatlari aniqlanganda birinchi navbatda filial rahbariga, korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” bolimiga xabar berishi lozimligi va korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi xabarlarni:
Filialning ishonch telefon raqamiga 75-230-13-49
Filialning TKTISH@antocored rasmiy telegram botiga
to‘g’idan-to‘g’ri huquqni muhofaza qilish organlariga yetkazish mumkinligi tushuntirildi.