Talabalar nazoratda

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida ijara xonadonlarini kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, talabalarga yaratilgan sharoitlar, gaz, suv, elektr ta’minoti holatini monitoring qilish ishlari birdamlikda olib borilmoqda.

Bugun Shahrisabz shahar FVB leytenanti Qodirov Jasurbek Mahmud og’li,   TKTI Shahrisabz filiali direktorining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari F.F.Xidirov, Talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo’lgan direktor maslahatchisi U.Sh.Davronov. tyutorlar jamoasi bilan hamkorlikda ijarachi talabalar uylarida navbatdagi reyd tadbirlarini tashkil etishdi.

Unda talabalar va ijara xonadonlari egalari o‘rtasida kuz-qish mavsumini talofatsiz o‘tkazish, yong‘in xavfsizligi va is gazidan zaharlanish holatlarini oldini olish hamda tegishli dalolatnomalar tuzish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Scroll to Top