“Talabalar shousi”

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida talabalarni bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish maqsadida Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yoshlar Kengashi aʼzolari tomonidan “Tashabbusimiz, iqtidorimiz, kuch qudratimiz – Vatan uchun!” shiori ostida tashkil etilgan “Talabalar shousi” bo`lib o`tdi.

Tadbir filial yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari F.F.Xidirov va filial Yoshlar yetakchisi A.B.Turaboyev tomonidan tashkil etildi. Talabalar shousida 400 ga yaqin talaba yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilingan 1 nafar talaabaga to’lov kantirak so’mmasining 35% miqdori 4 419 510 so’mlik sertifikat topshirildi.

Tadbir so’nggida filialda bo’lib o’tgan ma`naviy va ma`rifiy tadbirda ishtirok etgan g’oliblar diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Scroll to Top