Talabalar uchun na’munali ijarachi!

Butun mamlakatimizda bo‘lgani kabi TKTI Shahrisabz filialida ham talaba yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish, ayniqsa, yashash sharoitlarini yaxshilash, turar-joy bilan ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Talabalar yashash sharoiti va harakatlanishi monitoringini yo‘lga qo‘yish va bu boradagi ishlarni takomillashtirish maqsadida ishchi guruh tashkil etilgan. Ishchi guruhda yo’nalish tyutorlari, jumladan Sobirova Marxabo  tomonidan ijaradagi talabalarning yashash sharoiti va turar joyi holati, odob-axloqi, ularning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishni tashkil etilishi ayniqsa, yong‘in va boshqa texnika xavfsizlik talablariga mos kelishi o‘rganildi. Tahlillarga ko’ra, Shahrisabz shahar Fayzobod MFY Yangi Kesh 342-xonadon egasi Nizomiddin Yoqubov na’munali ijarachi sifatida e’tirof etildi.

Xonadon egasi tomonidan, 20 nafardan ortiq talabalarga oshxona, yotoqxona, dam olish va ma’naviyat xonasi, o`quv zali, hamda ular uchun barcha qulayliklar yaratilgan.

Scroll to Top