Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazi tomonidan Oliy ta`lim muassasalarida kredit-modul tizimida talabalarning mustaqil ta’limini tashkil qilish va nazorat qilish bo‘yicha YO`RIQNOMA ishlab chiqilgan.
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida professor-o`qituvchilarga o`quv bo`limi boshlig`i O.X.Maxmudov tomonidan tashkil etilgan seminar-treningda mazkur Yo‘riqnomani uslubiy tavsiyalari, ya`ni mustaqil ta’lim, mustaqil ish, mustaqil ta`limni tashkil etish shakllari va turlari, mustaqil ta`limni amalga oshirishga doir professor-o`qituvchilar hamda talabalarning vazifa va majburiyatlari, talabalar mustaqil ta`limini tashkil etishning maqsad va vazifalari, talabalar mustaqil ishlarini baholashning umumiy mezonlari kabi vazifalar haqida batafsil ma`lumotlar berildi


