Joriy yilning 16-noyabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida 1-bosqichga qabul qilingan talabalarning “Talabalikka bag’ishlov” tantanali tadbiri bo’lib o’tdi. Ushbu tadbirda filial rahbariyati, professor-o’qituvchilari va 1-bosqich talabalari ishtirok etishdi.
Dastlab tadbirni filial direktori professor Sh. A. Mutalov ochib berib, talabalik baxtiga muyassar bo’lgan aziz talabalarni tabriklab, yaratilgan imkoniyatlardan keng foydalangan holda zarur bilim va ko’nikmalarni egallab, kelgusida vatanimiz rivoji uchun o’z xissalarini qo’shishlarini tilab, filialning ramziy kalitini topshirdi.
1-bosqich talabasi Alisherova Mohlaroyim barcha talabalar bilan birgalikda “TALABALIK QASAMYODI”ni qabul qilishdi.
Undan so’ng esa filialning talabalar kengashi raisi Nuriddinov Jaloliddin 1-bosqich talabalari nomidan Olim Bolteyevga Reyting daftarchasini tantanali ravishda topshirdi.
Tadbir qatnashchilariga a’lo kayfiyatlar ulashish maqsadida raqs, tarona she’rlar hamda ko’ngil ochar sahna ko’rinishlari taqdim etildi. 16-musiqa maktabining yosh raqqosalari tomonidan raqslar ijro e’tildi. Filialning iqtidorli talabari tomonidan she’rlar o’qib eshittirildi, chiroyli qo’shiqlar kuylandi.
Tantanali tadbir so’ngida filial o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari B.Sirojov va ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’i M.Samadovlar 1-bosqich talabalarini ushbu qutlug’ kun bilan yana bir bor tabriklab, kelgusida omadlar tilagan holda tadbirni yakunlab berishdi.