O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida ilmiy-texnik buyurtma va grantlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishda mavjud muammolarga yangicha yechim topish, tajribali amaliyotchilarni o’quv jarayoniga faol jalb qilish, ta’limda ishlab chiqarish infratuzilmasi va amaliy misollardan keng foydalanish kabi yo’nalishlarda oliy ta’lim muassasalarining ishlab chiqarish korxonalari, tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan o’zaro manfaatli hamkorligini ta’minlash vazifalari belgilab berilgan.
Ushbu vazifalardan kelib chiqib, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialining “Konserva korxonalari va jihozlari” fani o`qituvchisi Sh.Uzoqova 2-19 guruh talabalari bilan “EAST AGRO INTERNATIONAL” zavodiga, “Soha korxonalarini loyihalash asoslari” fani o`qituvchisi R.Shoyimov 3-19-guruh talabalari bilan “O`ZDONMAHSULOT” AK da ishlab chiqarish amaliyotida bo`lishdi.
Tashrifdan asosiy maqsad, oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan iqtidorli yoshlarni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilish, yoshlar o‘rtasida ilmiy va ijodiy hamkorlikni rivojlantirish, fikr, tajriba almashish uchun sharoit yaratish, yoshlarni ilmiy – texnik rivojlanish yo‘lida birlashtirishdir.