Bo'lim boshlig'i
Shokirova Dilnoza Olimjon Qizi
Telefon: +99899 091-55-29
shokirovadilnoza999@mail.ru
Hurmatli foydalanuvchilar, agarda sizda ta’lim sifatini oshirish yuzasidan takliflar va shikoyatlar mavjud bo’lsa ushbu manzil orqali o’z fikringizni yuborishingiz mumkin.
Filial tarkibidagi Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 515-son qarorining 14-bandiga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, bevosita oliy ta’lim muassasaci tarkibiga kiradi.
Bo‘limning asosiy maqsadi filial talabalari bilimlarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini o‘rganib borish, tahlil qilish, kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish, filialni ichki attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish va uning natijalari bo‘yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish va oldini olish choralarini ko‘rishdan iborat.
Bo‘lim o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, Davlat inspeksiyasi hamda filial direktorining buyruqlari va qonuniy ko‘rsatmalariga, shuningdek bo‘lim to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq olib boradi.
Bo‘lim quyidagi huquqlarga ega:
Bo‘lim zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun filial tarkibiy tuzilmalaridan zarur ma’lumotlar va materiallarni olish;
Filialda talabalar, tinglovchilar va o‘quvchilarni o‘qitish sifatini, ta’limning tegishli turlari bo‘yicha ishchi o‘quv rejalari va fanlarning ishchi dasturlarini DTSlariga, davlat talablariga, malaka talablariga va o‘quv reja hamda fanlarning namunaviy dasturlariga muvofiqligini belgilangan tartibda o‘rganish;
Filialda attestatsiya jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda ishtirok etish va uning o‘z vaqtida bajarilishini nazoratga olish;
Filialda ta’lim sifatiga oid qabul qilingan buyruqlar, farmoyishlar va boshqa qarorlarning yetarli darajada ijrosi ta’minlanmaganligi aniqlanganda, mas’ullarga nisbatan tegishli choralar ko‘rish uchun rahbariyatga takliflar kiritish;
Filialda ijtimoiy muhitni, kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini o‘rganish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o‘qituvchi va kadrlar iste’molchilari o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazilishini tashkil qilish;
Ta’lim va kadrlar tayyorlash sifati muammolari bo‘yicha xalqaro konferensiyalar, anjumanlar, simpoziumlar, seminar va o‘quvlarda ishtirok etish;
Belgilangan tartibda OTM Kengashiga saylash va saylanish;
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan boshqa huquqlardan foydalanish.
Bo‘lim quyidagi majburiyatlarga ega:
Xizmat vazifalarini vijdonan bajaradi va o‘z sha’niga dog‘ tushirmaydi;
Davlat inspeksiyasiga taqdim qilinayotgan ma’lumotlarning haqqoniyligiga hamda filialning ishchi o‘quv rejalari va fanlarning ishchi dasturlarini tayyorlash sifati, bitiruvchilarning yakuniy attestatsiya va reyting baholari xolisligini belgilangan tartibda nazoratini tashkil etishga javob beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq ijro intizomiga, o‘quv va mehnat intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, Filialning Ustavi, Ichki tartib hamda Odob-ahloq qoidalariga rioya etadi.
Bo‘lim boshlig‘i va bosh mutaxassis lavozimlariga nomzodlar filial direktori buyrug‘i bilan Davlat inspeksiyasi boshlig‘i tavsiyasiga asosan tayinlanadi va Davlat inspeksiyasi boshlig‘i ruxsati bilan lavozimlaridan ozod etiladi.
Bo‘lim o‘z faoliyatini yuritishda Davlat inspeksiyasiga va filial direktoriga bo‘ysunadi.